Vol. 1 No. 1 (2025): TURKIY XALQLARNING MA’NAVIY INTEGRATSIYASI: TILI, ADABIYOTI, MADANIYATI

					View Vol. 1 No. 1 (2025): TURKIY XALQLARNING MA’NAVIY INTEGRATSIYASI: TILI, ADABIYOTI, MADANIYATI

Mazkur ilmiy maqolalar to‘plamida «Turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati» II Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari jamlangan. Maqolalarda turkiy tillarning rivoji va o‘zaro o‘xshashliklarini, umumiy adabiy merosimizni ilmiy asosda chuqur o‘rganish; madaniy aloqalarni zamonaviy texnologiyalar orqali kengaytirish; tarjima va adabiy almashinuv orqali xalqaro miqyosda muloqotni kuchaytirish; raqamli platformalar orqali integratsiyani amalga oshirishga oid fikrlar yoritib berilgan. To‘plamdan dunyo bo‘yicha taniqli turkiyshunos olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar hamda ToshDO‘TAU iqtidorli talabalarining maqolalari ham o‘rin olgan.
To‘plam til va adabiyot ta‘limi bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar, shu sohaning tadqiqotchilari, magistrant va talabalarga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
G.Asilova – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
G.Norimova – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Tahrir hay’ati:
S.Muhamedova, S.Qambarova, O.Turaqulova,
Y.Shirinova, M.Yo‘ldosheva.
Mazkur to‘plam matni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining 2025-yil 2-iyundagi 10-sonli majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya qilingan.

Published: 2025-08-18

Maqolalar