Archives
-
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MEROSINING SHARQ DAVLATCHILIGI VA MADANIYATI RIVOJIDA TUTGAN O'RNI
Vol. 1 No. 01 (2026)Ushbu to‘plamda Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusidagi uluslararo ilmiy nazariy konferansi materiallari jamlangan. To‘plamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, adabiy-ilmiy merosining mumtoz adabiyot rivojidagi o‘rni, adabiy-lingvistik, tarixiy-sotsiologik tadqiqi, shuningdek, Bobur va boburiylar siymosining zamonaviy adabiyotdagi badiiy talqini, adabiy ta’sir va izdoshlik masalalariga bag‘ishlangan maqolalar oʻrin olgan. Kitob filolog mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va bakalavriat talabalari hamda keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Mualliflar qarashi va asarlar nomlaridagi imlo tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. -
FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA VA TARJIMASHUNOSLIK MASALALARI
Vol. 1 No. 1 (2025)Mazkur xalqaro konferensiya materiali filologik komparativistika va tarjimashunoslikning dolzarb nazariy hamda amaliy masalalarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida yoritishga bag‘ishlanadi. To‘plamda turli milliy adabiyotlar, tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, adabiyotlararo aloqalar, qiyosiy-tipologik va qiyosiy-genetik tadqiqotlar, badiiy va maxsus matnlarni tarjima qilish muammolari, tarjima strategiyalari va ekvivalentlik masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, konferensiya materiallarida tarjima nazariyasining zamonaviy konsepsiyalari, tarjimon kompetensiyasini shakllantirish, tarjimani o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda globallashuv sharoitida tarjimaning ijtimoiy-madaniy ahamiyati kabi masalalar keng yoritiladi. Ilmiy maqolalar filologik komparativistika va tarjimashunoslik sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fanlararo integratsiyani kuchaytirishga hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mualliflar qarashi va asarlar nomlaridagi imlo tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi 6-sonli yig‘ilish qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
O'ZBEK TILINING XALQARO MAYDONDAGI NUFUZI: TARIX, BUGUN VA ISTIQBOL
Vol. 1 No. 01 (2025)Bugungi kunda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining asosiy vazifalardan biri – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, ya’ni xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilishiga xizmat qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda ta’lim jarayonida o‘zbek tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish va o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 2025-yil 24-oktyabrda o‘tkaziladigan “O‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi: tarix, bugun va istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqolalar to‘plamini e‘lon qiladi. Mazkur ilmiy maqolalar to‘plamida o‘zbek tili tarixi va uning xalqaro aloqalardagi o‘rni, hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari, akademik litseylarda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, turkiy tillarning rivoji va o‘zaro o‘xshashliklari, umumiy adabiy merosimizni ilmiy asosda chuqur o‘rganish, madaniy aloqalarni zamonaviy texnologiyalar orqali kengaytirish, raqamli texnologiyalar davrida o‘zbek tilining imkoniyatlari, raqamli platformalar orqali integratsiyani amalga oshirishga oid fikrlar yoritib berilgan. To‘plamdan dunyo bo‘yicha taniqli turkiyshunos olimlar, universitetlar, akademik litseylar professor o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar hamda o‘quvchilarning maqolalari ham o‘rin olgan.
Mazkur to‘plam matni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining 2025-yil 30-oktyabrdagi 4-sonli ilmiy majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya qilingan. -
O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTI VA XALQARO HAMKORLIK MASALALARI
Vol. 1 No. 01 (2025)Ushbu ilmiy maqolalar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoniga muvofiq “2020- 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiya”sida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2025-yilning 18-oktabr kuni ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida tashkil qilingan “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallarini o‘z ichiga oladi. Maqolalar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, turkologiya, shevashunoslik, lug‘atshunoslik, o‘zbek tilshunosligidagi zamonaviy yo‘nalishlar masalalariga bag‘ishlangan. Maqolalarda o‘zbek tilining tarixiy ildizlarini yoritish, mumtoz manbalardagi tilshunoslikka doir qarashlarni o‘rganish, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, psixolingvistika, neyrolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvopoetika, lingvofolkloristika, lingvodidaktika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy yo‘nalishlarda integrativ yondashuv asosida tadqiqotlar olib borish, til nazariyasi va amaliy tilshunoslik, tarjimashunoslik muammolarini tahlil qilish o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Mazkur to‘plam tilshunoslikka doir masalalarni o‘zbek tili tarixi va bugungi taraqqiyotini uyg‘unlikda hamda integratsiya asosida tadqiq qilishga yo‘naltiradi. Mazkur toʻplam professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda barcha qiziquvchilarga moʻljallangan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining 2025-yil 28-oktabrdagi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya qilingan (2-sonli bayonnoma).
Ilmiy maqolalar to‘plami elektron shaklda nashr etilgan. -
TURKIY XALQLARNING MA’NAVIY INTEGRATSIYASI: TILI, ADABIYOTI, MADANIYATI
Vol. 1 No. 1 (2025)Mazkur ilmiy maqolalar to‘plamida «Turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati» II Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari jamlangan. Maqolalarda turkiy tillarning rivoji va o‘zaro o‘xshashliklarini, umumiy adabiy merosimizni ilmiy asosda chuqur o‘rganish; madaniy aloqalarni zamonaviy texnologiyalar orqali kengaytirish; tarjima va adabiy almashinuv orqali xalqaro miqyosda muloqotni kuchaytirish; raqamli platformalar orqali integratsiyani amalga oshirishga oid fikrlar yoritib berilgan. To‘plamdan dunyo bo‘yicha taniqli turkiyshunos olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar hamda ToshDO‘TAU iqtidorli talabalarining maqolalari ham o‘rin olgan.
To‘plam til va adabiyot ta‘limi bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilar, shu sohaning tadqiqotchilari, magistrant va talabalarga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
G.Asilova – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
G.Norimova – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Tahrir hay’ati:
S.Muhamedova, S.Qambarova, O.Turaqulova,
Y.Shirinova, M.Yo‘ldosheva.
Mazkur to‘plam matni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining 2025-yil 2-iyundagi 10-sonli majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya qilingan. -
SHARQ MUMTOZ POETIKASI MUAMMOLARI: NAVOIY VA RUMIY
Vol. 1 No. 1 (2025)Sharq-islom madaniyatining ikki buyuk vakili – Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodi badiiyati, tarixiy-tipologik xossalarini ilmiy-nazariy tadqiq etishga qaratilgan “Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy” mavzuidagi mazkur konferensiya materiallari ulkan geografik ko‘lami, tipologik talqinlari, tahliliy xulosalari bilan o‘ziga xosdir. To‘plam to‘rt bo‘limdan tashkil topgan. Har bir bo‘lim o‘zicha mustaqil ilmiy muammoni aks ettirishi bilan birga, Navoiy va Rumiy poetikasi sathida o‘zaro umumlashadi, jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarixiy hamda nazariy poetika, hozirgi adabiy jarayon muammolarini aks ettirishi bilan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan doktorant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari, shuningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 3-apreldagi yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. -
O‘ZBEK FOLKLORI VA SHEVALARI TADQIQOTLARI: AMALIYOT, METODOLOGIYA, YANGICHA YONDASHUV
Vol. 1 No. 1 (2025)Ushbu toʻplam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti
universiteti folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi tomonidan “Oʻzbek folklori va
shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya, yangicha yondashuv” mavzusidagi 2025-yil 24-
mayda oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallaridan tashkil topgan -
XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA YANGICHA YO'NALISHLAR
Vol. 1 No. 01 (2025)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947son Farmoni, 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1875-son, 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash haqida”gi 124-son qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xorijiy tillar kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan “Xorijiy tillarni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va yangicha yo’nalishlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallaridan tashkil topgan. Tо‘plam materiallaridan filologlar, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va talabalar, oliy ta’lim, xalq ta’limi va umumta’lim maktablari oʻqituvchilari foydalanishlari mumkin. (Maqolalarning ilmiy saviyasi uchun mualliflarning о‘zlari mas’uldirlar
-
SHARQ-U G‘ARB ADABIYOTIDA GUMANIZM: NAVOIY VA PUSHKIN
Vol. 1 No. 1 (2024)“Sharq-u G‘arb adabiyotida gumanizm: Navoiy va Pushkin” mavzusida o‘tkazi- layotgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari komparativistikaning sof nazariy va amaliy muammolariga doir tadqiqotlardan tarkib topgan. Shunga ko‘ra to‘plam “Navoiy va Pushkin ijodida gumanizm konsepsiyasi”, “Navoiy va Pushkin ijo- dining global mohiyati”, “Yosh tadqiqotchilar Navoiy va Pushkin haqida” nomli uch qismga ajratilgan. Navoiy va Pushkin asarlariga xos spetsifika, semantika, struktu- ra, lingvopoetik, lingvopsixologik xossalar qiyosiy tahlil etilgan. Ayni paytda, ikki ulug‘ mutafakkirning jahon xalqlari badiiy tafakkuriga ta’siri, global ahamiyatiga oid nazariy tadqiqotlar o‘rin olgan.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy ada- biyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan dok- torant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari, shu- ningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 3-apreldagi yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. -
SHARQ-U GʻARB: NAVOIY VA GYOTE
Vol. 1 No. 1 (2023)«Sharq-u G‘arb: Navoiy va Gyote» mavzuidagi ilmiy tadqiqotlar to‘plamida ming yillik ijtimoiy-madaniy, adabiy-estetik munosabatlarda davom etib kelgan Sharq va G‘arbiy Yevropa badiiy tafakkuri tadrijiylik, adabiy tur va janrlar, obraz, uslub muammosiga ko‘ra o‘rganiladi. Xususan, Navoiy va Gyote ijodining tipologik xossalari har ikki mutafakkir dunyo adabiyotiga qanday ta’sir o‘tkazgani, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar, tarixiy tipologiya kontekstida talqin etiladi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy abiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan doktorant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari, shuningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu toʻplamda «Sharq-u Gʻarb: Navoiy va Gyote» mavzuidagi xalqaro ilmiy- nazariy anjumaniga yuborilgan maqolalar jamlangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2023-yil 20-apreldagi navbatdagi yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga
tavsiya etilgan.
Mualliflar qarashlari tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin. -
SHARQ-U GʻARB RENESSANS ADABIYOTI: NAVOIY VA SHEKSPIR
Vol. 1 No. 1 (2022)Mazkur “Sharq-u G‘arb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir” mavzuidagi tadqiqotlar to‘plamida jahon xalqlari Renessans adabiyotiga oid komparativistik muammolar haqida so‘z yuritilgan. To‘plamning “Sharq-u G‘arb adabiyoti genezisi va umumnazariy muammolari”, “Navoiy va Shekspir: poetik o‘ziga xoslik, ijodiy universallik”, “G‘arb adabiyotida Sharq mavzusi talqinlari”, “Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik kontekstida” singari bo‘limlaridan jahon adabiyotshunosligi, adabiy tanqidi tarixi, qiyosiy adabiyotshunoslik masalalaridan bahs yurituvchi maqolalar o‘rin olgan. Eng muhimi, chop etilgan tadqiqotlarning barchasida jahon Renessanslari tarixi va Uchinchi Renessansni bunyod etish muammolari xususida fikr yuritiladi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy abiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, shuningdek, barcha adabiyot ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu toʻplamda “Sharq-u Gʻarb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumanga yuborilgan maqolalar jamlangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2022-yil 15-iyundagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.