Vol. 1 No. 1 (2025): FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA VA TARJIMASHUNOSLIK MASALALARI

					View Vol. 1 No. 1 (2025): FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA VA TARJIMASHUNOSLIK MASALALARI

Mazkur xalqaro konferensiya materiali filologik komparativistika va tarjimashunoslikning dolzarb nazariy hamda amaliy masalalarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida yoritishga bag‘ishlanadi. To‘plamda turli milliy adabiyotlar, tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, adabiyotlararo aloqalar, qiyosiy-tipologik va qiyosiy-genetik tadqiqotlar, badiiy va maxsus matnlarni tarjima qilish muammolari, tarjima strategiyalari va ekvivalentlik masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, konferensiya materiallarida tarjima nazariyasining zamonaviy konsepsiyalari, tarjimon kompetensiyasini shakllantirish, tarjimani o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda globallashuv sharoitida tarjimaning ijtimoiy-madaniy ahamiyati kabi masalalar keng yoritiladi. Ilmiy maqolalar filologik komparativistika va tarjimashunoslik sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fanlararo integratsiyani kuchaytirishga hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Mualliflar qarashi va asarlar nomlaridagi imlo tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin.

 

To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi 6-sonli yig‘ilish qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.

Published: 2026-01-10

Maqolalar