Vol. 1 No. 01 (2025): O'ZBEK TILINING XALQARO MAYDONDAGI NUFUZI: TARIX, BUGUN VA ISTIQBOL

					View Vol. 1 No. 01 (2025): O'ZBEK TILINING XALQARO MAYDONDAGI NUFUZI: TARIX, BUGUN VA ISTIQBOL

Bugungi kunda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining asosiy vazifalardan biri – ilmiy izlanish yutuqlarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, ya’ni xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilishiga xizmat qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda ta’lim jarayonida o‘zbek tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish va o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 2025-yil 24-oktyabrda o‘tkaziladigan “O‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi: tarix, bugun va istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqolalar to‘plamini e‘lon qiladi. Mazkur ilmiy maqolalar to‘plamida o‘zbek tili tarixi va uning xalqaro aloqalardagi o‘rni, hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari, akademik litseylarda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, turkiy tillarning rivoji va o‘zaro o‘xshashliklari, umumiy adabiy merosimizni ilmiy asosda chuqur o‘rganish, madaniy aloqalarni zamonaviy texnologiyalar orqali kengaytirish, raqamli texnologiyalar davrida o‘zbek tilining imkoniyatlari, raqamli platformalar orqali integratsiyani amalga oshirishga oid fikrlar yoritib berilgan. To‘plamdan dunyo bo‘yicha taniqli turkiyshunos olimlar, universitetlar, akademik litseylar professor o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar hamda o‘quvchilarning maqolalari ham o‘rin olgan.

Mazkur to‘plam matni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining 2025-yil 30-oktyabrdagi 4-sonli ilmiy majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya qilingan.

Published: 2025-12-15

Maqolalar