Vol. 1 No. 1 (2026): GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI
Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to’plami "O’zbekiston – 2030" strategiyasi hamda "Yangi O’zbekiston — ma’rifatli jamiyat" konsepsiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag’ishlangan. To’plamda globallashuvning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy talqinlar, shuningdek, mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti masalalari chuqur tahlil etilgan. Alohida e’tibor yoshlarning axloqiy va valeologik strategiyalarini shakllantirish hamda ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan. To’plam tarkibidan soha mutaxassislari bilan bir qatorda, "Kelajak vorislari" sho’basi doirasida iqtidorli magistr va talabalarning ham ilmiy izlanishlari o’rin olgan