Том 1 № 1 (2026): ZAMONAVIY DUNYODA SOTSIOLOGIYA VA AMALIY PSIXOLOGIYA MUAMMOLARI
Mazkur to‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Zamonaviy dunyoda sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi materiallaridan iborat.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yilda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, xorijiy universitetlar hamda ilmiy tatqiqot markazlari hamkorligida tashkil etilgan.
Ilmiy to‘plamda respublikamiz hamda xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, sotsiologiya va amaliy psixologiya va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalarining ilmiy maqolalari jamlangan.
To‘plam uchun mas’ullar:
Mas’ul muharrir: Sh. Sirojiddinov filologiya fanlari doktori, Akademik.
Ilmiy muharrirlar: O. Jamoliddinova pedagogika fanlari doktori, professor; I. Aslonov psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Taqrizchilar: S. Mexammedova filologiya fanlari doktori, professor; R. Sabirova psixologiya fanlari nomzodi, professor (Qozog‘iston).
Tahrir hay’ati: V. Sattorov pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Boboyor To‘raev, psixolog, katta o‘qituvchi; F. Fayziyeva sotsiologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), Luiza Amirova katta o‘qituvchi; G. Jobborova katta o‘qituvchi, N. Razzoqova sotsiologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), N. Mannonova sotsiologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), F. Karimov katta o‘qituvchi, o‘qituvchi .
Tuzuvchilar: I. Aslonov, F. Fayziyeva, N. Razzoqova, G. Jobborova, Luiza Amirova
Sahifalovchi va dizayner: Boboyor To‘rayev, psixolog, katta o‘qituvchi
Matnlarda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun mualliflar javobgardirlar.