Том 1 № 1 (2023): SHARQ-U GʻARB: NAVOIY VA GYOTE
«Sharq-u G‘arb: Navoiy va Gyote» mavzuidagi ilmiy tadqiqotlar to‘plamida ming yillik ijtimoiy-madaniy, adabiy-estetik munosabatlarda davom etib kelgan Sharq va G‘arbiy Yevropa badiiy tafakkuri tadrijiylik, adabiy tur va janrlar, obraz, uslub muammosiga ko‘ra o‘rganiladi. Xususan, Navoiy va Gyote ijodining tipologik xossalari har ikki mutafakkir dunyo adabiyotiga qanday ta’sir o‘tkazgani, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar, tarixiy tipologiya kontekstida talqin etiladi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy abiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan doktorant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari, shuningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu toʻplamda «Sharq-u Gʻarb: Navoiy va Gyote» mavzuidagi xalqaro ilmiy- nazariy anjumaniga yuborilgan maqolalar jamlangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2023-yil 20-apreldagi navbatdagi yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga
tavsiya etilgan.
Mualliflar qarashlari tahririyat nuqtayi nazaridan farqlanishi mumkin.