Vol. 1 No. 1 (2024): SHARQ-U G‘ARB ADABIYOTIDA GUMANIZM: NAVOIY VA PUSHKIN
“Sharq-u G‘arb adabiyotida gumanizm: Navoiy va Pushkin” mavzusida o‘tkazi- layotgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari komparativistikaning sof nazariy va amaliy muammolariga doir tadqiqotlardan tarkib topgan. Shunga ko‘ra to‘plam “Navoiy va Pushkin ijodida gumanizm konsepsiyasi”, “Navoiy va Pushkin ijo- dining global mohiyati”, “Yosh tadqiqotchilar Navoiy va Pushkin haqida” nomli uch qismga ajratilgan. Navoiy va Pushkin asarlariga xos spetsifika, semantika, struktu- ra, lingvopoetik, lingvopsixologik xossalar qiyosiy tahlil etilgan. Ayni paytda, ikki ulug‘ mutafakkirning jahon xalqlari badiiy tafakkuriga ta’siri, global ahamiyatiga oid nazariy tadqiqotlar o‘rin olgan.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy ada- biyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan dok- torant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari, shu- ningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 3-apreldagi yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.