ALISHER NAVOIY «XAMSA»SI VA USMONLI TURK ADABIYOTI

Authors

  • Dilnavoz Yusupova

Keywords:

xamsanavislik, chig‘atoycha she’r, 3 yo‘nalish, adabiy ta’sir, basmala

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodi o‘z davridayoq ko‘plab qo‘shni mamlakatlarning e’tibori va qiziqishiga sazovor bo‘lgani, jumladan, Usmonlilar saltanatida Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodiy merosiga qiziqish, muayyan asarlari ta’sirida asar yaratish an’anasi mavjud bo‘lganligi haqida mulohazalar yoritilgan. Maqolada Navoiy ijodining Usmonli turklar adabiyotiga ta’siri shoir she’riyatidan ta’sirlanish, tazkirachilik yo‘nalishidagi ta’sir, «Xamsa» dostonlariga javob yozish kabi 3 yoְ‘nalishda kuzatish mumkinligi va uchinchi yo‘nalish, ya’ni Navoiy «Xamsa»sining Usmonli turklar xamsanavisligiga ta’siri bilan bog‘liq ayrim masalalar ko‘rib chiqilgan.
Maqolada keltirilishicha, turkiy adabiyotdagi xamsanavislikka munosabat ko‘p jihatlari bilan forsiy adabiyotni eslatadi. Xususan, Alisher Navoiy beshligi yaratilgandan keyin oradan yarim asr vaqt o‘tmay, xamsanavislik an’anasidan uzoqlashish hollari uchray boshlaydi, bu xususiyat, ayniqsa, usmonli turklar adabiy muhiti uchun xos ekanligi bilan xarakterlanadi. Navoiy forsiyzabon shoirlarga turkiy tilda «Xamsa» yozish mumkinligini isbotlab bergan va murakkab adabiy vazifani ado etib bo‘lgandan keyin, turk dunyosi endi bemalol an’anaviylikdan chekinib, o‘zi istagan shaklda beshlik yaratish imkoniga ega bo‘lgani maqolada o‘z isbotini topgan.

Downloads

Published

2025-07-12