NAVOIY OBRAZI VA YANGICHA TALQIN
Abstract
Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga qiziqish, uning betakror siymosini badiiy qayta yaratish, shoir yashagan davrdanoq boshlangan. Alisher Navoiy obrazining tasviri va talqini, dastlab, Abdurahmon Jomiy asarlari, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Mirxondning «Ravzat us-safo», Xondamirning «Makorim ul-axloq», Zahiriddin Muhammad Boburning
«Boburnoma», Zayniddin Vosifiyning «Badoyi’ ul-vaqoe» asarlarida o‘ziga xos tarzda yoritilgan. Xondamirning «Makorim ul-axloq» asari bu sirada alohida ahamiyatga molik bo‘ldi. Asarda Navoiy karim axloq egasi, yuksak ma’naviyatli shaxs, donishmand, komil inson sifatida vasf etildi. Ushbu asar Navoiy siymosini ancha mukammal va jonli tasvirlagani tufayli keyingi davrlar, jumladan, mustaqillik davri adabiyotida Navoiy siymosi badiiy tasvirini yaratishda tayanch bo‘lib xizmat qildi.