O‘ZBEK TILIDA QADRIYATLAR TIPOLOGIYASINING LINGVISTIK VERBALIZATSIYASI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/UBFU7363
Ключевые слова:
qadriyat, aksiologiya, aksiolingvistika, qadriyatlar tipologiyasi, verbalizatsiya, lingvistik indikator, baholash, lingvokulturologiya, o‘zbek tili.Аннотация
Mazkur maqolada qadriyat tushunchasining zamonaviy
aksiologik, ijtimoiy-madaniy va lingvistik talqinlari umumlashtirilib, qadriyatlar
tipologiyasini o‘zbek tilidagi lingvistik ifodasi tahlil qilingan. Qadriyatlarning
oilaviy, milliy, ma’naviy-axloqiy, diniy, ijtimoiy, umuminsoniy, moddiy va
intellektual turlari ajratilib, ularning leksik, frazeologik, paremiologik, metaforik
hamda kontekstual ifoda vositalari ko‘rsatiladi. Tadqiqotda World Values Survey,
Schwartzning qadriyatlar nazariyasi, Løvaasning qadriyatlarni tadqiq etish
metodologiyasi haqidagi qarashlari, J.Puzynina va R.Handkening lingvistik
aksiologik konsepsiyalari nazariy asos sifatida olinadi. Qadriyatning til
birliklarida namoyon bo‘lishi faqat nomlash jarayoni emas, balki muayyan
qadriyatning konseptuallashtirilishi, baholanishi va kommunikativ kontekstda
voqelanishini o‘z ichiga olishi asoslanadi. Natijada “qadriyat turi → aksiologik
belgi → lingvistik indikator → verbalizatsiya vositasi → kontekstual voqelanish”
modeli taklif etiladi.