O‘ZBEK TILIDA QADRIYATLAR TIPOLOGIYASINING LINGVISTIK VERBALIZATSIYASI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/UBFU7363

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Gavharoy Komilova

Keywords:

qadriyat, aksiologiya, aksiolingvistika, qadriyatlar tipologiyasi, verbalizatsiya, lingvistik indikator, baholash, lingvokulturologiya, o‘zbek tili.

Abstract

Mazkur maqolada qadriyat tushunchasining zamonaviy

aksiologik, ijtimoiy-madaniy va lingvistik talqinlari umumlashtirilib, qadriyatlar

tipologiyasini o‘zbek tilidagi lingvistik ifodasi tahlil qilingan. Qadriyatlarning

oilaviy, milliy, ma’naviy-axloqiy, diniy, ijtimoiy, umuminsoniy, moddiy va

intellektual turlari ajratilib, ularning leksik, frazeologik, paremiologik, metaforik

hamda kontekstual ifoda vositalari ko‘rsatiladi. Tadqiqotda World Values Survey,

Schwartzning qadriyatlar nazariyasi, Løvaasning qadriyatlarni tadqiq etish

metodologiyasi haqidagi qarashlari, J.Puzynina va R.Handkening lingvistik

aksiologik konsepsiyalari nazariy asos sifatida olinadi. Qadriyatning til

birliklarida namoyon bo‘lishi faqat nomlash jarayoni emas, balki muayyan

qadriyatning konseptuallashtirilishi, baholanishi va kommunikativ kontekstda

voqelanishini o‘z ichiga olishi asoslanadi. Natijada “qadriyat turi → aksiologik

belgi → lingvistik indikator → verbalizatsiya vositasi → kontekstual voqelanish”

modeli taklif etiladi.

Downloads

Published

2026-11-21