SHARQ MUMTOZ POETIKASI MUAMMOLARI: NAVOIY VA RUMIY
Abstract
Sharq-islom madaniyatining ikki buyuk vakili – Alisher Navoiy va Jaloliddin
Rumiy ijodi badiiyati, tarixiy-tipologik xossalarini ilmiy-nazariy tadqiq etishga
qaratilgan “Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy” mavzuidagi
mazkur konferensiya materiallari ulkan geografik ko‘lami, tipologik talqinlari,
tahliliy xulosalari bilan o‘ziga xosdir. To‘plam to‘rt bo‘limdan tashkil topgan. Har bir
bo‘lim o‘zicha mustaqil ilmiy muammoni aks ettirishi bilan birga, Navoiy va Rumiy
poetikasi sathida o‘zaro umumlashadi, jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik,
tarixiy hamda nazariy poetika, hozirgi adabiy jarayon muammolarini aks ettirishi
bilan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy
adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan
doktorant, tayanch doktorantlar; magistrant va bakalavriyat bosqichi talabalari,
shuningdek, badiiy adabiyot masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 3-apreldagi yig‘ilishi qaroriga
asosan nashrga tavsiya etilgan.