NAVOIY KIRMAGAN UYLAR QORONG‘U
Ключевые слова:
Tasavvuf adabiyoti, yangi o‘zbek she’riyati, ijod labaratoriyasi, adabiy muhit, novatorlikАннотация
Maqolada Sharq mumtoz adabiyotining boy an’analarini
chuqur bilgan va uni yangi ijodiy kashfiyotlar bilan yuqori pog‘onalarga
ko‘targan buyuk faylasuf shoir Mir Alisher Navoiyning birgina XV asr adabiy
muhiti uchun emas, undan keyin ham necha asrlar davomida bugungi
kunga qadar ham adabiyot ahlining, qalam sohiblarining sevimli ustozi
bo‘lib kelgani, Navoiy ijodi jamiki turkigo‘y shoirlar uchun ibrat maktabi
ekanligi borasida anglashlarimiz, shuning bilan, yangi o‘zbek adabiyoti
she’riyati qirolichasi Halima Ahmedova ijodiyoti Navoiydan suv ichgan
daryo ekani, bu go‘zal olam – Hazrat Navoiy olami – shoirani shoira qilgani
yoki shoira ta’biri bilan aytganda, hech qursa “odam qilgani” to‘g‘risida,
umuman, butun hayoti va ijodiyotidagi o‘rnining beqiyos ekanligi yorilib
berishga harakat qildik. Demak, maqolada Navoiy merosiga cheksiz
muhabbat qo‘yib, unga ergashgan va uning asarlarini targ‘ib qilishga katta
hissa qo‘shgan zo‘r shoirlardan biri Halima Ahmedovaning ijod olamiga
nazar solamiz.