IKKI BUYUK – IKKI TURK

Авторы

  • Shuhrat Sirojiddinov

Аннотация

Qadim davrlarda Turon, islom kirib kelgach Movorounnahr, uch xonlik hukmronlik qilgan tanazzul asrlarida Turkiston, sovet- lar mustamlakasi yillarida O‘zbekiston atalgan, asrlarga tomon o‘zligini yo‘qotmay kelayotgan ona Vatanimiz dunyoga yuzlab mu- tafakkirlarni bergani bilan bemisl fahr-iftixor uyg‘otadi. Univer- sitetimizning “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” ka- fedrasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyaning bu yilgi mavzusi “Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy” deb nomlanadi. Nomidan ma’lumki, bu yilgi konferensiya mavzusi, har doimgidek, biryo‘la ham nazariy, ham qiyosiy aspektlarni qamrab olgan. Ayni paytda, ikkinchi Renessansning yuksalish davri mumtoz poetikasi masala- lariga diqqat qaratgan. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ijodi va u yashagan davr adabiy muhitini turk adabiyoti, tasavvufi va falsafiy tafakkurining cho‘qqisi Jaloliddin Rumiy davri bilan qiyo- siy o‘rganishni nazarda tutgan. Bir so‘z bilan aytganda, ikki buyuk turk mutafakkiri ijodini solishtirish asnosida turkiy poetik tafakkur atalmish ulkan fenomenal hodisaning jahon miqyosidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy asoslash konferensiya ishining asosiy maqsadiga aylangan.

Загрузки

Опубликован

2025-07-18