MUMTOZ TURKIY ADABIYOTNI BOLALAR ONGIGA YETKAZISH AMALIYOTIGA DOIR
Ключевые слова:
bolalar adabiyoti, mumtoz adabiyot, Mavlono Rumiy, Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Abay, adaptatsiya, adabiy ta’sirАннотация
Globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida yosh avlodning dunyoqarashi, axloqiy-estetik didi turli manbalar ta’sirida shakllanmoqda. Ushbu jarayonda bolalar ongiga milliy va umumturkiy adabiy merosni chuqur singdirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Navoiy, Rumiy, Nizomiy Ganjaviy, Abay kabi klassiklarning asarlari turkiy dunyo madaniyati uchun umumiy boylik bo‘lib, ularni bolalarga yetkazish madaniy uzviylikni saqlash va avlodlararo ko‘prik qurishda muhim vositadir. Mazkur maqolada bolalar uchun moslashtirilgan mumtoz adabiyot na’munalarini zamonaviy pedagogik, tarjimashunoslik, tilshunoslik va adabiyotshunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilish nazarda tutiladi. Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston misolida olib borilgan tahlillar orqali turkiy madaniyat doirasida umumiy metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.