“KORPUS SHEVASHUNOSLIGI” OʻQUV FANI HAQIDA

Авторы

  • Baxtiyor Mengliyev

Ключевые слова:

Fan mamlakatimizda zamonaviy tipdagi mutlaqo yangi fan oʻlaroq shakllanmoqda. “Korpus shevashunosligi” ning maqsadi boʻlajak mutaxassislarda etnoslarning yashash tarzi, oʻziga xos etnomental xususiyatini ifodalaydigan shevaga oid pasportizatsiyalangan ogʻzaki she’riy, nasriy, she’riy-nasriy (aralash) nutqining grammatik metarazmetkalangan (sun’iy ong orqali avtomatik tahlillangan) korpusini yaratish boʻyicha kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Aniqrogʻi, oʻquv fani oʻzbek lahjalariga oid matnlarni maxsus korpusga jamlash va undan foydalanishni yoʻlga qoʻyishning nazariy asoslarini yaratishga poydevor qoʻyadi.

Аннотация

Oliy oʻquv yurtlarining oʻzbek filologiyasi va oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishlarining
“Oʻzbek shevashunosligi” fani dasturidagi ma’ruza, seminar va amaliy mashgʻulot uchun
ajratilgan soatlar talabaning nazariy bilim olishi va amaliy koʻnikmalar egallashi uchun yetarlidek.
Albatta, talaba kurs davomida shevashunoslikka oid bilim oladi, amaliyot davomida sheva
ma’lumotlarini toʻplaydi, ayrimi shu sohada kelajakda dissertatsiya yoqlaydi, monografiya va
darslik tayyorlaydi. Ammo muammo yechimini topyaptimi? Asl maqsad nima? Ma’lumki,
qanchadan-qancha qimmatli dialektologik ma’lumotlar olimlarning shaxsiy kutubxonasi yoki oliy
oʻquv yurtlari kafedralaridagi arxivlarda ishlov berilmasdan qolib ketadi yoki makulaturaga berib
yuboriladi. Holbuki, soha rivojlangan mamlakatlarda toʻplangan dialektologik ma’lumotlarni qayd
qilishdan kompyuter dasturlari asosida ishlov berish bosqichigacha koʻtarildi. Bizda esa endigina
OTMlari amaliy filologiya yoʻnalishlarida oʻzbek tilining dialektal korpusini tuzish doirasidagi
oʻquv kursining joriy etilishi misolida ilk qadamlar qoʻyilmoqda.

Загрузки

Опубликован

2025-07-10