“Boburnoma” asaridagi sabab izofiy birikmasining inglizcha tarjimasi tahlili
Ключевые слова:
“Boburnoma”, izofa, mujibi umidvorlik, mujibi noumidlikАннотация
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk hukmdor, ulug‘ sarkarda, tengsiz adib va shoir, tarixchi, adabiyotshunos olim bo‘lgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunasi “Boburnoma” O‘rta Osiyo xalqlari haqida eng qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, Boburdan qolgan eng muhim badiiy merosdir. Ushbu asar bir necha asrlardan buyon o‘rganib kelinishiga qaramasdan, hali ham uni to‘liq o‘rganib bo‘lindi deb ayta olmaymiz. “Boburnoma” asaridagi sabab ma’nosini anglatuvchi izofalar mujibi umidvorlik va mujibi noumidlik birikmalarining inglizcha tarjimasi tadqiqotini ushbu maqolada ko‘rib chiqamiz.
Загрузки
Опубликован
2026-08-24