Vol. 1 No. 1 (2022): SHARQ-U GʻARB RENESSANS ADABIYOTI: NAVOIY VA SHEKSPIR
Mazkur “Sharq-u G‘arb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir” mavzuidagi tadqiqotlar to‘plamida jahon xalqlari Renessans adabiyotiga oid komparativistik muammolar haqida so‘z yuritilgan. To‘plamning “Sharq-u G‘arb adabiyoti genezisi va umumnazariy muammolari”, “Navoiy va Shekspir: poetik o‘ziga xoslik, ijodiy universallik”, “G‘arb adabiyotida Sharq mavzusi talqinlari”, “Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik kontekstida” singari bo‘limlaridan jahon adabiyotshunosligi, adabiy tanqidi tarixi, qiyosiy adabiyotshunoslik masalalaridan bahs yurituvchi maqolalar o‘rin olgan. Eng muhimi, chop etilgan tadqiqotlarning barchasida jahon Renessanslari tarixi va Uchinchi Renessansni bunyod etish muammolari xususida fikr yuritiladi.
Ilmiy to‘plam adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi, qiyosiy abiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, tarjimashunoslik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, shuningdek, barcha adabiyot ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
Ushbu toʻplamda “Sharq-u Gʻarb Renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumanga yuborilgan maqolalar jamlangan.
To‘plam Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnik kengashining 2022-yil 15-iyundagi navbatdan tashqari yig‘ilishi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.