The JAHON TILSHUNOSLIGIDA EVFEMIZM HODISASI VA UNING NAZARIY TALQINI
Keywords:
iks-femik birliklar, evfemizm, disfemizm, ortofemizm, lingvokulturologiya, lingvopragmatikaAbstract
Ushbu maqolada iks-femik birliklarning zamonaviy lingvistik tadqiqotlar doirasidagi o‘rni va ularning turli yondashuvlar asosida tahlil qilinishi yoritiladi. Evfemizmlar sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv lingvistika hamda lingvopragmatika nuqtayi nazaridan tahlil qilinishi, ularning kommunikativ funksiyalari, semantik xususiyatlari va madaniy kontekstdagi ahamiyati qay darajada o’rganilganligi ochib beriladi. Jumladan, evfemizmlarni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlarning ishlari tahlil qilinib, ushbu mavzudagi ilmiy izlanishlarning istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqola evfemizmlar bilan bog‘liq lingvokulturologiya va lingvopragmatika masalalarini, shuningdek, ularning tarjimasi jarayonida yuzaga keluvchi muammolarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni takomillashtirish hamda nazariy bilimlarni kengaytirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.