LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYADA MATN IDENTIFIKATSIYASI BO’YICHA EKSPERT XULOSALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/ASZH1397
Keywords:
lingvistik ekspertologiya, matn identifikatsiyasi, lingvistik ekspertiza, ekspert xulosasi, ekspertiza jarayoni, ekspert xulosasining tuzilishi, lingvistik identifikatsiyaAbstract
Mazkur maqolada lingvistik ekspertologiyada matn
identifikatsiyasi bo‘yicha ekspert xulosalarini shakllantirishning nazariy va
amaliy asoslari yoritiladi. Matn identifikatsiyasi jarayonining lingvistik
ekspertiza tizimidagi o‘rni, ekspert oldiga qo‘yiladigan vazifalar hamda ekspert
xulosasini shakllantirishga qo‘yiladigan asosiy talablar tahlil qilinadi.
Shuningdek, ekspert xulosasining tuzilishi, unda tadqiqot jarayoni va natijalarini
izchil ifodalash, aniqlangan belgilarni asoslash hamda yakuniy xulosaning
dalillangan va xolis bo‘lishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Matn
identifikatsiyasi bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlashda nazariy qarashlarni
amaliy ekspertiza talablari bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslanadi.
Tadqiqot natijalari lingvistik ekspertiza amaliyotida matn identifikatsiyasi
bo‘yicha xulosalarni shakllantirishning ilmiy asoslangan va izchil
yondashuvlarini takomillashtirishga xizmat qiladi