O‘ZBEK NORMATIV-HUQUQIY MATNLARINI LINGVOMANTIQIY ANNOTATSIYALASH MEZONLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/SPJX2815
Ключевые слова:
lingvo-mantiqiy annotatsiya, normativ-huquqiy matn, deontik modallik, normativ semantika, korpus annotatsiyasi, yuridik NLP, Soliq kodeksi.Аннотация
Maqolada o‘zbek tilidagi normativ-huquqiy matnlarni lingvo
mantiqiy annotatsiyalash mezonlarini ishlab chiqish muammosi tadqiq etiladi.
Normativ-huquqiy matnning raqamli shaklda mavjudligi uning mazmuniy
tuzilishini mashinali o‘qitish uchun yetarli emas. Bunday matnlarda deontik,
shartli, temporal, strukturaviy va hisoblash munosabatlari o‘zaro birikib,
normativ mazmunni shakllantiradi. Soliq kodeksining funksional-semantik
jihatdan farqlanuvchi 158- va 265-moddalari tahlili annotatsiya qatlamlari
normativ birlikning xususiyatiga qarab o‘zgarishini ko‘rsatadi. Shu bois lingvo
mantiqiy annotatsiyada teglar majmuini bir xil belgilash emas, matnda
ifodalangan munosabatlarni aniqlash va ularni tegishli mezonlar asosida formal
qayd etish muhim. Bunday yondashuv o‘zbek normativ-huquqiy matnlarini
annotatsiyalash va ularni kompyuter vositasida qayta ishlash uchun lingvistik
asos yaratadi.