O‘ZBEK VA INGLIZ FITONIM MAQOLLARIDA INSON KONSEPTINING KOGNITIV METAFORIK MODELLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/OAGK5353
Ключевые слова:
fitonim, maqol, konseptual metafora, kognitiv model, freym, INSON – O‘SIMLIK, o‘zbek va ingliz tillariАннотация
Maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi o‘simlik nomlari
(fitonimlar) ishtirok etgan va o‘simlik obrazi insonni konseptuallashtirish uchun
manba soha vazifasini bajaradigan maqollar lingvokognitiv jihatdan tahlil
qilinadi. Konseptual metafora nazariyasi, Mavjudotlarning Buyuk Zanjiri
metaforasi va freym tahliliga tayangan holda o‘simlik freymi (urug‘, ildiz, novda,
shox, barg, gul, meva, tikan, tuproq, balandlik, chirish) tiklanadi hamda uning
slotlari insonning kelib chiqishi, tarbiyasi, axloqiy fazilatlari, ijtimoiy mavqei,
vatanga bog‘liqligi va umr yo‘liga qanday ko‘chirilishi ko‘rsatiladi. Oltita
kognitiv model aniqlangan: KELIB CHIQISH – ILDIZ, FARZAND – MEVA;
TARBIYA – YOSH NIHOLGA SHAKL BERISH; AXLOQIY FAZILAT –
O‘SIMLIK SIFATI; IJTIMOIY MAVQE – BALANDLIK; VATAN – TUPROQ;
INSON HAYOTI – O‘SIMLIKNING HAYOT SIKLI. Asosiy modellar qardosh
bo‘lmagan ikki tilda mushtarak bo‘lsa-da, fitonim tanlovi, baholash yo‘nalishi va
maqollarning modalligida farqlar kuzatiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek
paremiologiyasining kognitiv va madaniy boyligini xalqaro ilmiy jamoatchilikka
taqdim etishga xizmat qiladi.