ANTROPONIMIK FREYMLARDA REGISTRDAN OG‘ISH FENOMINI (CHOʻLPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANI MISOLIDA)

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/RPWO4291

Авторы

  • admin Conferences
  • Zarnigor Davronova

Ключевые слова:

antroponimlar, registrdan og‘ish, urf-odatlar, milliylik, fenomen, freym, badiiy niyat, unvon, laqab, slot(uya), lisoniy shaxs, milliy ruh.

Аннотация

Ushbu maqolada XX asrning eng buyuk ijodkorlaridan biri

Choʻlponning “Kecha va Kunduz” romanidagi antroponimlar tahlil qilingan

hamda ularning izohiga oid fikr-mulohazalar yuritilgan. Maqolada kognitiv

tilshunoslik va diskurs tahlilining dolzarb muammolaridan biri badiiy matnda

antroponimik freymlar va ularning transformatsiyasi natijasida yuzaga keladigan

registrdan ogʻish fenomeni tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulhamid

Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani tanlangan boʻlib, asardagi kishi

ismlari va laqablarning qoʻllanish xususiyatlari lingvokognitiv jihatdan tahlil

qilingan. Maqolada antroponimlar shunchaki nominativ birlik emas, balki

qahramonlarning ijtimoiy-psixologik portretini va muallifning individual

konseptual olam manzarasini ochib beruvchi kognitiv tuzilmalar (freymlar)

ekanligi isbotlangan. Ism shakllarining oʻzgarishi yoki laqablar orqali yuzaga

keladigan freymlar almashinuvi hamda uslubiy registrdan ogʻish mexanizmlari

ilmiy jihatdan asoslab berilgan

Загрузки

Опубликован

2026-11-21

Выпуск

Раздел

Maqolalar