FOLKLOR DISKURSIDA O‘XSHATISHLARNING SEMANTIKSTRUKTUR VA KOGNITIV TAHLILI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/YMFX1197
Ключевые слова:
folklor, folklor diskursi, o‘xshatish, semantika, struktura, kognitiv tilshunoslik, konsept, konseptual soha, milliy-madaniy birlik, obrazlilikАннотация
Ushbu maqolada o‘zbek folklori diskursida qo‘llanuvchi
o‘xshatishlarning semantik, struktur va kognitiv xususiyatlari kompleks aspektda
tadqiq etiladi. O‘xshatishlarning xalq og‘zaki ijodidagi badiiy-estetik vazifasi,
obraz yaratish imkoniyatlari hamda milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi
o‘rni yoritiladi. O‘xshatish komponentlari (o‘xshatiluvchi, o‘xshatish asosi,
o‘xshatish vositasi, o‘xshatilgan obraz) tahlil qilinib, ularning xalq tafakkurida
shakllangan konseptlar bilan aloqasi kognitiv tilshunoslik, xususan, konseptual
metafora nazariyasi nuqtayi nazaridan asoslanadi. Tadqiqot natijalari folklor
o‘xshatishlari faqat poetik bezak vositasi emas, balki xalqning dunyoni idrok
etish, tasniflash va baholash usulini o‘zida saqlovchi lingvomadaniy birlik
ekanini ko‘rsatadi.