. O‘ZBEK TILINI XALQARO MAYDONDA TARG‘IB QILISH STRATEGIYALARI PEYZAJ MATNLARI ORQALI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/MRLA1636
Ключевые слова:
peyzaj matni, turizm, lingvokognitiv yondashuv, turistik diskurs, destinatsiya brendi, storytelling, raqamli turizm, milliy-madaniy kod, turistik imij.Аннотация
Mazkur maqolada peyzaj matnlarining
turizmni
rivojlantirishdagi kommunikativ, lingvokognitiv va marketing imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Peyzajni faqat tabiiy manzara tavsifi sifatida emas, balki turist ongida
hududning obrazi, qadriyati va emotsional mazmunini shakllantiruvchi matn
sifatida talqin qilish taklif etiladi. Tadqiqotda peyzaj tasviri, hikoyalash, milliy
madaniy kodlar va hududiy turistik brend o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi. Tabiiy
va madaniy destinatsiyalar uchun turlicha kommunikativ strategiyalarni
qo‘llashning afzalliklari ko‘rsatiladi. Shuningdek, raqamli platformalar, ijtimoiy
tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida peyzaj matnlarini yaratish va tarqatish
istiqbollari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston hududlarining tabiiy va madaniy xilma
xilligi ushbu yondashuvni turizm brendingi va barqaror turizm siyosatida
qo‘llash uchun katta imkoniyat yaratishi asoslanadi