VI. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLI MUHITDA O‘ZBEK TILINING RIVOJI O‘ZBEK TILI MULTIKORPUSIDA AKSENTOLOGIK KORPUS VA UNING AHAMIYATI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/ZRUC2197

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

O‘zbek tili multikorpusi, aksentologik korpus, so‘z urg‘usi, fonetik annotatsiya, fonologik tahlil, urg‘u pozitsiyasi, korpus lingvistikasi, orfoepiya, nutq sintezi, tabiiy tilni qayta ishlash.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbek tili multikorpusi (uzcorpora.uz)

tarkibidagi aksentologik korpusning lingvistik va texnologik ahamiyati, uning

shakllantirilish tamoyillari, funksional imkoniyatlari hamda ilmiy-amaliy

qo‘llanish yo‘nalishlari tadqiq etiladi. O‘zbek tilida so‘z urg‘usining fonetik,

fonologik, morfologik va semantik xususiyatlarini korpus texnologiyalari asosida

o‘rganish masalalari tahlil qilinadi. Aksentologik korpusda urg‘u bilan

belgilangan til birliklarini jamlash, tizimlashtirish, annotatsiyalash va

qidirishning lingvistik asoslari yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi urg‘uning

so‘z shakllari, grammatik qo‘shimchalar va nutq jarayonidagi o‘zgarishlari

misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Aksentologik ma’lumotlarning nutq sintezi

(Text-to-Speech), nutqni avtomatik tanish (Automatic Speech Recognition),

talaffuz me’yorlarini o‘rgatish, elektron lug‘atchilik va tabiiy tilni qayta ishlash

tizimlaridagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqotda aksentologik korpusning o‘zbek

tili fonetik resurslarini raqamlashtirish, adabiy talaffuz me’yorlarini saqlash

hamda sun’iy intellektga asoslangan til texnologiyalarini rivojlantirishdagi

istiqbollari ko‘rsatib beriladi

Downloads

Published

2026-11-24