O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MAYL, ZAMON VA MODALLIKNING MULOQOT XULQIDAGI FUNKSIONAL-USLUBIY IMKONIYATLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/TEQH9539
Ключевые слова:
mayl, zamon, modallik, modal fe’llar, muloqot xulqi, xushmuomalalik, badiiy dialogАннотация
Maqolada o‘zbek va ingliz tillarida fe’l mayllari, zamon
shakllari va modal fe’llarning muloqot xulqini (iltimos, buyruq, taklif, ruxsat,
majburiyat, istak va xushmuomalalik) ifodalashdagi funksional va uslubiy
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani
hamda L. Kerroll, Ch. Dikkens, J. Ostin va O. Uayld asarlaridan olingan
dialoglarni qiyosiy-tipologik va pragmatik tahlil qilish asosida o‘zbek tilida
xushmuomalalik asosan sintetik vositalar (mayl qo‘shimchalari, siz/sen
zidlanishi, ko‘makchi fe’lli qurilmalar va kerak, mumkin, haqqi yo‘q kabi modal
so‘zlar) orqali, ingliz tilida esa analitik vositalar (modal yordamchi fe’llar,
o‘tgan zamon shakllarining uzoqlashtiruvchi qo‘llanishi va so‘roq qurilmalari)
orqali ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Bir xil grammatik shakl ikki tilda turli
pragmatik og‘irlikka ega bo‘lishi badiiy tarjima va o‘zbek o‘quvchilariga ingliz
tilini o‘qitish uchun muhim ahamiyatga ega