OT FRAZEMALARNING GRAMMATIK FUNKSIYASI (ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI FRAZEMALAR MISOLIDA)

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/PVRU5965

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Iqbol O‘razova

Keywords:

Alisher Navoiy, “Xamsa”, frazema, ot frazema, grammatik tahlil, moslashuv, bitishuv, boshqaruv, gap shaklidagi frazemalar, so‘z birikma shaklidagi frazema, strukturaviy model.

Abstract

Mazkur maqolada ot frazemalarning grammatik xususiyatlari

tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot uchun material sifatida Alisher

Navoiyning “Xamsa” asaridagi frazemalar tanlandi. Tadqiqotda frazeologik

birliklar zamonaviy frazeologiya va funksional-grammatik yondashuvlar asosida

o‘rganilib, ularning strukturaviy modellari aniqlanadi. Maqolada jami 389 ta ot

frazema uch guruhga – so‘z birikma ko‘rinishida yaxlitlangan, gap shaklida

yaxlitlangan birliklarga – ajratilgan. Ot frazemalar uchun so‘z birikma qolipi

ancha faol bo‘lib, bitishuv, moslashuv va boshqaruv munosabati asosida

bog‘lanadi. Tahlil natijalari ot frazemalarning badiiy matnda harakatning usuli,

darajasi va holatini ifodalash bilan birga, ekspressivlik va obrazlilikni

kuchaytiruvchi muhim lingvistik vosita ekanini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-11-21