HURMAT KATEGORIYASINING LISONIY BIRLIKLAR BILAN IFODALANISHI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/YPGD1198

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Shaxrizoda Jurayeva

Keywords:

hurmat kategoriyasi, aksiolingvistika, qadriyat, ko‘plik shakli, egalik shakli, erkalash shakli, leksik-semantik birlik, paremiologik birlik, milliymadaniy xususiyat, nutq odobi

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida hurmat kategoriyasining turli

sathlarga mansub lisoniy birliklar orqali ifodalanishi aksiolingvistik nuqtayi

nazardan tahlil qilinadi. Hurmatning grammatik, leksik-semantik hamda

paremiologik vositalar yordamida yuzaga chiqishi, ayniqsa, ko‘plik, egalik va

kelishik shakllarining kommunikativ-qadriyat mazmunini shakllantirishdagi o‘rni

yoritiladi. Shuningdek, hurmat ma’nosini ifodalovchi leksemalarning semantik

pragmatik xususiyatlari va xalq maqollarida aks etgan kattaga ehtirom, ota-onani

ulug‘lash, ustozni qadrlash, odob-axloq kabi milliy qadriyatlar tahlil qilinadi.

Tadqiqot natijalari o‘zbek tilidagi hurmat ifodalarining nafaqat grammatik yoki

semantik hodisa, balki milliy-madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi muhim lisoniy

vosita ekanini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-11-19