Vol. 1 No. 1 (2026): TURKIY XALQLAR ADABIYOTSHUNOSLIGI VA MATNSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI
Ushbu to‘plamda o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi ilmiy maktabining asoschisi, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Turkiy xalqlar adabiyotshunosligi va matnshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferans materiallari jamlangan. To‘plamda olim ilmiy-ijodiy faoliyatining o‘zbek va qardosh xalqlar adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va ahamiyatiga doir ilmiy maqolalar o‘rin olgan. Shuningdek, turkiy xalqlar mumtoz adabiyoti tahlili, adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy va amaliy masalalari, navoiyshunoslik muammolari, istiqboli, zamonaviy adabiyotni o‘rganish masalalarini yoritishga bag‘ishlangan maqolalar ham kiritilgan.
Kitob fi lolog mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va bakala vriat talabalari hamda keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.