LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYADA MATN IDENTIFIKATSIYASI BO’YICHA EKSPERT XULOSALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/ASZH1397

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

lingvistik ekspertologiya, matn identifikatsiyasi, lingvistik ekspertiza, ekspert xulosasi, ekspertiza jarayoni, ekspert xulosasining tuzilishi, lingvistik identifikatsiya

Abstract

Mazkur maqolada lingvistik ekspertologiyada matn

identifikatsiyasi bo‘yicha ekspert xulosalarini shakllantirishning nazariy va

amaliy asoslari yoritiladi. Matn identifikatsiyasi jarayonining lingvistik

ekspertiza tizimidagi o‘rni, ekspert oldiga qo‘yiladigan vazifalar hamda ekspert

xulosasini shakllantirishga qo‘yiladigan asosiy talablar tahlil qilinadi.

Shuningdek, ekspert xulosasining tuzilishi, unda tadqiqot jarayoni va natijalarini

izchil ifodalash, aniqlangan belgilarni asoslash hamda yakuniy xulosaning

dalillangan va xolis bo‘lishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Matn

identifikatsiyasi bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlashda nazariy qarashlarni

amaliy ekspertiza talablari bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslanadi.

Tadqiqot natijalari lingvistik ekspertiza amaliyotida matn identifikatsiyasi

bo‘yicha xulosalarni shakllantirishning ilmiy asoslangan va izchil

yondashuvlarini takomillashtirishga xizmat qiladi

Downloads

Published

2026-11-24