O‘ZBEK NORMATIV-HUQUQIY MATNLARINI LINGVOMANTIQIY ANNOTATSIYALASH MEZONLARI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/SPJX2815

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

lingvo-mantiqiy annotatsiya, normativ-huquqiy matn, deontik modallik, normativ semantika, korpus annotatsiyasi, yuridik NLP, Soliq kodeksi.

Abstract

Maqolada o‘zbek tilidagi normativ-huquqiy matnlarni lingvo

mantiqiy annotatsiyalash mezonlarini ishlab chiqish muammosi tadqiq etiladi.

Normativ-huquqiy matnning raqamli shaklda mavjudligi uning mazmuniy

tuzilishini mashinali o‘qitish uchun yetarli emas. Bunday matnlarda deontik,

shartli, temporal, strukturaviy va hisoblash munosabatlari o‘zaro birikib,

normativ mazmunni shakllantiradi. Soliq kodeksining funksional-semantik

jihatdan farqlanuvchi 158- va 265-moddalari tahlili annotatsiya qatlamlari

normativ birlikning xususiyatiga qarab o‘zgarishini ko‘rsatadi. Shu bois lingvo

mantiqiy annotatsiyada teglar majmuini bir xil belgilash emas, matnda

ifodalangan munosabatlarni aniqlash va ularni tegishli mezonlar asosida formal

qayd etish muhim. Bunday yondashuv o‘zbek normativ-huquqiy matnlarini

annotatsiyalash va ularni kompyuter vositasida qayta ishlash uchun lingvistik

asos yaratadi.

Downloads

Published

2026-11-24