. O‘ZBEK TILINI XALQARO MAYDONDA TARG‘IB QILISH STRATEGIYALARI PEYZAJ MATNLARI ORQALI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/MRLA1636

Authors

  • Nizomaddin Khudayberganov
  • Manzura Shamsiyeva

Keywords:

peyzaj matni, turizm, lingvokognitiv yondashuv, turistik diskurs, destinatsiya brendi, storytelling, raqamli turizm, milliy-madaniy kod, turistik imij.

Abstract

Mazkur maqolada peyzaj matnlarining

turizmni

rivojlantirishdagi kommunikativ, lingvokognitiv va marketing imkoniyatlari tahlil

qilinadi. Peyzajni faqat tabiiy manzara tavsifi sifatida emas, balki turist ongida

hududning obrazi, qadriyati va emotsional mazmunini shakllantiruvchi matn

sifatida talqin qilish taklif etiladi. Tadqiqotda peyzaj tasviri, hikoyalash, milliy

madaniy kodlar va hududiy turistik brend o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi. Tabiiy

va madaniy destinatsiyalar uchun turlicha kommunikativ strategiyalarni

qo‘llashning afzalliklari ko‘rsatiladi. Shuningdek, raqamli platformalar, ijtimoiy

tarmoqlar va sun’iy intellekt yordamida peyzaj matnlarini yaratish va tarqatish

istiqbollari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston hududlarining tabiiy va madaniy xilma

xilligi ushbu yondashuvni turizm brendingi va barqaror turizm siyosatida

qo‘llash uchun katta imkoniyat yaratishi asoslanadi

Downloads

Published

2026-11-19