HURMAT KATEGORIYASINING LISONIY BIRLIKLAR BILAN IFODALANISHI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/YPGD1198
Keywords:
hurmat kategoriyasi, aksiolingvistika, qadriyat, ko‘plik shakli, egalik shakli, erkalash shakli, leksik-semantik birlik, paremiologik birlik, milliymadaniy xususiyat, nutq odobiAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida hurmat kategoriyasining turli
sathlarga mansub lisoniy birliklar orqali ifodalanishi aksiolingvistik nuqtayi
nazardan tahlil qilinadi. Hurmatning grammatik, leksik-semantik hamda
paremiologik vositalar yordamida yuzaga chiqishi, ayniqsa, ko‘plik, egalik va
kelishik shakllarining kommunikativ-qadriyat mazmunini shakllantirishdagi o‘rni
yoritiladi. Shuningdek, hurmat ma’nosini ifodalovchi leksemalarning semantik
pragmatik xususiyatlari va xalq maqollarida aks etgan kattaga ehtirom, ota-onani
ulug‘lash, ustozni qadrlash, odob-axloq kabi milliy qadriyatlar tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari o‘zbek tilidagi hurmat ifodalarining nafaqat grammatik yoki
semantik hodisa, balki milliy-madaniy qadriyatlarni aks ettiruvchi muhim lisoniy
vosita ekanini ko‘rsatadi