HOMO POETIKUS KONSEPSIYASI: NAVOIY VA RUMIY
Keywords:
Homo poetikus, ijodkor shaxs, poetik tafakkur, metafora, estetik ong, Sharq adabiyoti, Navoiy, Rumiy, badiiy obraz, ma’naviy yuksalish, ruhiy tajriba, badiiy talqin., adabiyotAbstract
Mazkur maqolada adabiyotshunoslikda “homo poetikus” – ya’ni ijodkor inson obrazining shakllanishi, nazariy asoslari va uning Sharq hamda G‘arb adabiyotlaridagi talqinlari tahlil qilinadi. Pol Rikur, Yan Parandovskiy, Mixail Baxtin singari nazariyotchilar nuqtayi nazaridan homo poetikus tushunchasining mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodida homo poetikus konsepsiyasining badiiy ifodasi chuqur tahlil etiladi. Sharq mumtoz adabiyotidagi bu tushuncha insonning estetik, ruhiy va ma’naviy yuksalishini aks ettiruvchi falsafiy model sifatida talqin qilinadi. Maqolada homo poetikus insonni so‘z, obraz va metafora orqali borliqni anglaydigan, ijodiy tafakkurga ega bo‘lgan mavjudot sifatida yoritiladi. Homo poetikusning badiiy, ruhiy va ijtimoiy funksiyalari alohida belgilar bilan ochib beriladi.