The FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIGA KIRIB KELAYOTGAN YANGI QO‘SHMA SO‘ZLAR
Keywords:
qo‘shma so‘zlar, fransuz tili, o‘zbek tili, til rivojlanishi, globallashuv, texnologiya, biznes, kiberxavfsizlikAbstract
Ushbu maqolada fransuz va o‘zbek tillariga yangi qo‘shma so‘zlarning kirib kelish sabablari, ularning shakllanishi va qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Maqolada til rivojlanishining globallashuv, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Fransuz tilida yangi qo‘shma so‘zlarning aksariyati ingliz tilidan olingan bo‘lib, asosan texnologiya, biznes va axborot-kommunikatsiya sohalariga oid. O‘zbek tilida esa axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalariga oid yangi qo‘shma so‘zlar keng tarqalgan. “Smartfon” va “kibermuhofaza” kabi ayrim atamalar har ikkala tilda ham mavjud. Maqolada tilning dinamik xususiyati va xalqaro munosabatlarga moslashuvi tahlil qilinib, yangi atamalar kelajakda ham ortib borishi ta’kidlangan.