RUS TILIDAGI AYRIM GIPPОLOGIK BIRLIKLAR TADQIQIGA DOIR ON THE STUDY OF CERTAIN HIPPOLOGICAL UNITS IN THE RUSSIAN LANGUAGE
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/WMZQ5431
Keywords:
rus tili, gippologik terminologiya, gippologik leksika, gippologik birlik, ilmiy tasnifAbstract
Rus tilidagi gippologik leksika uzoq vaqt davomida
mutaxassislar e’tiborini tortib kelgan. Mazkur yo‘nalishdagi dastlabki
kuzatishlar XVIII asrga mansub bo‘lib, ular asosan конь va лошадь
leksemalarining o‘zaro munosabati hamda ularning nutqdagi funksional
differensiallashuvini izohlashga qaratilgan edi. Keyinchalik bu masala tarixiy
leksikologiya va etimologiyaning markaziy muammolaridan biriga aylandi. XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida gippologik terminologiya ko‘proq etimologik
nuqtayi nazardan o‘rganildi. Bu davr tadqiqotlarida alohida nomlarning kelib
chiqishi, turkiy va boshqa xalqlar bilan aloqalar, ayrim terminlarning rus tiliga
kirib kelish yo‘llari aniqlashtirildi. Shu bilan birga, qadimgi rus yozma
yodgorliklarida kam uchraydigan yoki dialektal xarakterga ega bo‘lgan
nomlarning tarixiy maqomi masalasi ham ilmiy muomalaga kiritildi. XX asr
o‘rtalaridan boshlab gippologik leksikani o‘rganishda tizimli yondashuv
kuchaydi. Ayniqsa, ot nomlari tizimining ichki tuzilishi, sinonimik qatorlari,
semantik differensiallashuvi va hududiy variantlari tarixiy-leksikologik
tadqiqotlarning muhim obyektiga aylandi. Bu davrda gippologik terminlarning
taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liq holda talqin qilina
boshladi. Xususan, terminologik tizimdagi ko‘p variantlilik va ot nomlarining
ko‘pligi yilqichilikning xo‘jalik va harbiy hayotdagi muhim o‘rni bilan izohlandi.