TILAK VA TABRIK NUTQIY AKTLARIDA KOMMUNIKATIV TAKTIKANING TANLANISH XUSUSIYATLARI
10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/ENBJ6189
Keywords:
nutqiy muloqot shaklllari, nutqiy akt, tilak, tabrik, kommunikativ taktika, kommunikativ strategiya, pragmatika, adresant, adresat, nutq vaziyati, diskurs, lingvistik omillarAbstract
Mazkur maqolada tilak va tabrik nutqiy aktlarining pragmatik
xususiyatlari hamda ularda kommunikativ taktikaning tanlanish omillari tahlil
qilinadi. Tilak va tabrik nutqiy aktlari adresantning adresatga nisbatan ijobiy
munosabatini ifodalovchi, ijtimoiy-kommunikativ aloqalarni mustahkamlovchi
nutqiy birliklar sifatida o‘rganiladi. Shu bilan birga, kommunikativ taktikaning
tanlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, vaziyatga oid va lingvistik omillar
aniqlanadi. Tilak va tabrik nutqiy aktlarida kommunikativ taktikaning
kommunikativ strategiya bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, rasmiy va
norasmiy kommunikativ vaziyatlarda qo‘llanadigan tilak va tabriklarning o‘ziga
xos jihatlari, bevosita va bilvosita ifoda shakllari hamda ularning kommunikativ
pragmatik funksiyalari o‘rganiladi.