ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI QADIMGI TURKIY FE’LLAR SEMANTIKASI
: 10.52773/tsuull.conf.2026.10.16/MBGX9254
Keywords:
Alisher Navoiy, qadimgi turkiy til, fe’l semantikasi, diaxron tahlil, polisemiya, semema, semantik taraqqiyot, tarixiy leksikologiya.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida qo‘llangan
qadimgi turkiy fe’llarning semantik tarkibi va tarixiy taraqqiyoti diaxron-qiyosiy
yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqot materiali sifatida ur-, teg-, kötür-/kötär-
, in-, saqïn-/saǧïn-, buz-, al-, tut-, qozon-/qazǧan- va uč- fe’llari tanlanib,
ularning “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Qisasi Rabg‘uziy” hamda
Alisher Navoiy asarlaridagi ma’nolari qiyoslanadi. Tahlilda tarixiy lug‘atlar,
yozma yodgorliklar va “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”
ma’lumotlariga tayanilib, fe’l leksemalarining bosh va hosila ma’nolari,
semantik kengayishi, ma’no ixtisoslashuvi hamda frazeologik birikmalar
tarkibidagi vazifalari aniqlanadi. Xususan, ur- va al- fe’llarining ko‘p
ma’noliligi, saqïn- fe’lining xotirlash va sog‘inish bilan bog‘liq semantik
qirralari, uč- fe’lining harakat va ko‘chma ma’no ifodalash imkoniyatlari tarixiy
dalillar asosida yoritiladi. Natijalar Navoiy poetik tilidagi fe’l semantikasining
qadimgi turkiy til bilan uzviyligini va keyingi davrlarda yangi sememalar hisobiga
boyiganini ko‘rsatadi. Tadqiqot tarixiy leksikologiya, semasiologiya va eski
o‘zbek adabiy tili leksikasini o‘rganishga xizmat qiladi