BIR UYDA, IKKI BEGONA: HISSIY UZOQLASHUVDAN AJRIMGACHA - OILAVIY NIZOLARNING SABABLARI VA OQIBATLARI
Keywords:
oila, oilaviy nizo, hissiy uzoqlashuv, nikoh, ajrim, er-xotin munosabatlari, oilaviy muloqot, psixologik moslashuv, farzand, oilaviy qadriyatlarAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy oilalarda yuzaga kelayotgan nizolarning tashqi
ko‘rinishidan ko‘ra, ularning ichki - psixologik va ijtimoiy mexanizmlariga e’tibor qaratiladi.
Xususan, er-xotin o‘rtasidagi muloqotning kamayishi, hissiy begonalashuv, o‘zaro ishonchning
susayishi, iqtisodiy va maishiy muammolar, qarindoshlarning oilaviy hayotga ortiqcha aralashuvi,
gender rollari borasidagi kelishmovchiliklar, xiyonat, zo‘ravonlik hamda farzand tarbiyasiga oid
qarashlarning turlicha bo‘lishi oilaviy nizolarning muhim omillari sifatida tahlil qilinadi. Maqolada
O‘zbekiston Respublikasida nikohdan ajralish bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar, xorijiy va
mahalliy tadqiqotchilarning qarashlari hamda oilaviy munosabatlarni tushuntiruvchi psixologik
nazariyalardan foydalanilgan. John Gottman, John Bowlby, Murray Bowen, Salvador Minuchin, Frank Fincham va Steven Beach kabi olimlarning ilmiy qarashlari asosida oiladagi nizoning oddiy
kelishmovchilikdan hissiy uzilish va ajralishgacha bo‘lgan bosqichlari ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, ajrimning nafaqat er-xotin, balki farzandlar, qarindoshlik tizimi va jamiyatga ta’siri
muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida oilaviy nizolarni faqat “ajrashish yoki ajrashmaslik”
masalasi sifatida emas, balki oiladagi hissiy aloqalar, muloqot madaniyati va ijtimoiy qo‘llabquvvatlash
tizimi bilan bog‘liq murakkab jarayon sifatida ko‘rish zarurligi asoslanadi.